Davlat fuqarolik xizmati tizimi davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan tarzda tanlab olish, hisobga olish, joy-joyiga qo'yish, ularning mehnatiga haq to'lash, kasbiy kompetentsiyasini oshirish va xizmatda lavozim bo'yicha ko'tarish mexanizmlarining yagona tashkiliy-huquqiy majmuidir.
Belgilangan malaka talablariga muvofiq bo'lgan O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat fuqarolik xizmatiga kirish uchun teng imkoniyatlar kafolatlanadi.
Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun kasbiy kompetentsiyasini shakllantirish davlat fuqarolik xizmatchisini qayta tayyorlashni, uning malakasini oshirishni, ta'lim olishini tashkil etish hisobidan ta'minlanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisini tegishli ravishda rag'batlantirish va xizmatda lavozim bo'yicha ko'tarish uning kasbiy kompetentsiyalarini hamda alohida xizmatlarini xolisona va adolatli baholash asosida ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
21-modda. Davlat fuqarolik xizmati tizimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.