Manfaatlar to'qnashuvi davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o'z xizmat vakolatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko'rsatadigan yoxud ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan hamda fuqarolarning, jamiyatning yoki davlat organining shaxsiy manfaatdorligi va huquqlari, qonuniy manfaatlari o'rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan vaziyatdir.
Manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi o'zining rahbariga yoki yuqori turuvchi davlat organiga darhol yozma shaklda xabar qilishi kerak.
Manfaatlar to'qnashuvi mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar olgan davlat organining rahbari yoki yuqori turuvchi davlat organi ushbu to'qnashuvni bartaraf etish yuzasidan o'z vaqtida choralar ko'rishi shart.
Manfaatlar to'qnashuvini oldini olish va hal etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
19-modda. Manfaatlar to'qnashuvi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.