Davlat fuqarolik xizmati sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmasligi;
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash;
davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar to'qnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat o'tkazilishini ta'minlash;
davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish;
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovg'alar olish va berish tartibini belgilash;
davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, moddiy ta'minot olishini va rag'batlantirilishini ta'minlash.
Qonunchilikda davlat fuqarolik xizmati sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
15-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.