Chet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)

8-band. I. umumiy qoidalar — 8-band

O'zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish vizalarini berish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun chet el fuqarolaridan: a) O'zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda konsullik yig'imlari, shuningdek, konsullik ishlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan haqiqiy xarajatlarni qoplash hisobiga O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va konsullik muassasalari boshliqlari yoki O'zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari boshliqlari tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorda yig'imlar undiriladi; b) Vakolatli organ tomonidan «Davlat boji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.