O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning O'zbekiston Respublikasi hududidagi bo'linmalari vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni chet el fuqarolarining quyidagi toifalari uchun amalga oshiradi:
a) O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo'lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga;
b) rasmiy va parlament delegatsiyalari a'zolariga;
v) diplomatik maqomga ega bo'lgan boshqa shaxslarga;
g) ushbu bandning «a» kichik bandida ko'rsatilgan chet el fuqarolarining taklifi bo'yicha kelganlarga, biroq ko'pi bilan 2 marta kelganlarga.
Vizaning uzaytirilishi respublika hududida rasmiy bo'lishga ruxsatnomaning uzaytirilishini anglatadi. Amaliy jihatdan vizani uzaytirish amal qilish muddati yangilangan yangi viza berish yo'li bilan amalga oshiriladi, xorijiy fuqaro akkreditatsiya qilingan taqdirda esa vizaning turi ham o'zgartiriladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)
3-band. I. umumiy qoidalar — 3-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.