Chet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)

15⁶-band. II¹. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi — 15⁶-band

Vatandoshlarning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 15³-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma, taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlari (nikoh tuzilganligi va tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar yoki ularning o'rnini bosuvchi hujjatlar nusxasi) taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.