Chet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)

15¹⁹-band. II¹. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi — 15¹⁹-band

Quyidagi hollarda hujjatlarni qabul qilish rad etiladi: hujjatlar to'liq bo'lmaganda yoki unda noaniqliklar bo'lganda; chet el fuqarosini yuridik shaxs chaqirganda va talabnoma uning mansabdor shaxsi tomonidan imzolanmaganda; hujjatlardagi imzo yoki muhrning qalbakiligi aniqlanganda; hujjatlar talabnomada ko'rsatilgan mas'ul shaxsdan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilganda; chet el fuqarosining milliy pasporti (harakatlanish hujjati) taqdim etilmaganda, shuningdek, ular hujjat topshirayotgan vaqtda O'zbekiston Respublikasidan tashqarida bo'lganda; chet el fuqarosining milliy pasporti (harakatlanish hujjati) yaroqsiz holga kelganligi aniqlanganda, amal qilish muddati tugagan yoki viza rasmiylashtirish uchun bo'sh varaqlari bo'lmaganda; chet el fuqarosi vizada ko'rsatib o'tilgan safarlar sonidan ortiq O'zbekiston Respublikasiga kirib chiqqanda; chet el fuqarosining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddati tugaganda, vaqtincha ro'yxati bo'lmaganda (16 yoshga to'lmagan chet el fuqarodan tashqari); chet el fuqarosi milliy pasporti (harakatlanish hujjati)ning amal qilish muddati uch oydan kam qolganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.