Chet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)

15¹²-band. II¹. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi — 15¹²-band

«IT-visa»sini uzaytirish uchun chet el fuqarolari tomonidan vakolatli organga mazkur Tartibning 15³-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari IT-park direktsiyasining tavsiyasi taqdim etiladi. 15¹³.Chet ellik investor va uning oila a'zolari (turmush o'rtog'i va voyaga yetmagan farzandlari)ning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 15³-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonasidan iltimosnoma, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar to'g'risidagi tegishli ma'lumotnomalardan biri taqdim etiladi. Ma'lumotnoma: «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasi tomonidan — xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan aktsiyalari miqdori to'g'risida; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilgani to'g'risida beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.