Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to'lash tartibi to'g'risidagi nizomda:
a) 10-bandning:
«g» kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«g) doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma'lumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joyi bilan to'g'ri kelsa)»;
b) «d» kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«d) doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo'yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joyi bilan to'g'ri kelsa)»;
v) 14-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo'shilsin:
«Murojaat ariza beruvchining xohishiga ko'ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan hududi bo'yicha mas'ul tashkilotlar va komissiya tomonidan ko'rib chiqilishi mumkin»;
g) nizomga 4-ilovaning matnidagi «Doimiy propiska» so'zlari «Doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I4-100-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I4-100-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.