Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan kelgan hamda bu hududlarda doimiy yashashga ruxsatnoma berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan, narxi bazaviy hisoblash miqdorining 3300 baravaridan kam bo'lmagan ko'chmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda sotib olishlari mumkin, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinish huquqiga ega bo'lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar toifalari ro'yxatining 11-bandida nazarda tutilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bundan mustasno.
Sud qarorlarini ijro etish tartibida turar joy yoxud turar joy bo'lmagan bino shaklidagi ko'chmas mol-mulkni kimoshdi savdolari orqali sotishga yoxud uni davlat ijrochisining naturadagi sotilmagan mol-mulkni o'zida qoldirish to'g'risidagi taklifi bo'yicha qarzni undiruvchiga — garovni saqlovchiga berish, agar oluvchi tomon tegishli ravishda Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lsa, yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I3-7-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — I3-7-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.