Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I3-52-band. 3-bob. Respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olish tartibi — I3-52-band

Qarindoshlar — o'zlarining to'g'ri shajara bo'yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari bo'lgan, ya'ni ota-ona farzandlari, farzandlar ota-onalari, bobo va buvilar nevaralari, nevaralar bobo va buvilari doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga (Ro'yxatning 2-bandiga mansub bo'lgan) respublikaning boshqa hududlaridan kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs doimiy ro'yxatdan o'tish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 50-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma (agar fuqaro xorijda tug'ilgan bo'lsa) (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.