Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo'yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida» 2020 yil 22 apreldagi PF-5984-son Farmoniga muvofiq boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berish hamda O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning qoidalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq sayyohlik va elektron viza bilan, 60 kungacha O'zbekiston Respublikasiga vizasiz kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlariga va ularning oila a'zolariga tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I3-1-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — I3-1-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.