Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I2-73-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I2-73-band

Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar. BosqichlarSub'yektlarTadbirlarIjro muddatlari1-bosqichChet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsBelgilangan shakldagi ariza-anketani to'ldiradi va tegishli hujjatlar bilan vaqtincha ro'yxatdan o'tgan joyi bo'yicha IIO MvaFR bo'linmasiga murojaat qiladi.Zarurat tug'ilganda2-bosqichMvaFR bo'linmasi1. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsdan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsiga oid ma'lumotlarni mavjud ma'lumotlar to'plamidan tekshiradi.2. IIV Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazidan ariza beruvchiga doir ma'lumotlarni so'rab oladi hamda hujjatlarni elektron ko'rinishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga elektron tizim orqali yuboradi.O'n ish kuni davomida3-bosqichQoraqalpog'iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFR boshqarmasiTaqdim etilgan hujjatlarni o'rgangan holda, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga qolish maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi fikrini olish uchun ma'lumotlarni vakolatli organga elektron tizim orqali yuboradi.Uch ish kuni davomida4-bosqichQoraqalpog'iston Respublikasi IIV va viloyatlar Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasiChet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to'g'risidagi fikrini elektron tizim orqali yuboradi.Yigirma ish kuni davomida5-bosqichQoraqalpog'iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFR boshqarmasiIjobiy javob olingan taqdirda, xulosa tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni O'zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga nazorat tartibida ko'rib chiqish va asoslantirilgan javob xatini olish uchun elektron tizim orqali yuboradi.O'n besh ish kuni davomida6-bosqichO'zbekiston Respublikasi IIV MvaFR bosh boshqarmasiTaqdim etilgan hujjatlarni o'rganib chiqib, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy ro'yxatdan o'tkazish yoki rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob xatini hamda hujjatlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.O'n besh ish kun davomida7-bosqichQoraqalpog'iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFR boshqarmasiIIV MvaFRBBdan asoslantirilgan javob xati olingach, hujjatlarni chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy ro'yxatga olish uchun tegishli MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.Ikki ish kuni davomida8-bosqichMvaFR bo'linmasiHujjatlarni olgach, ariza beruvchini doimiy yashashga ruxsatnoma berilganligi to'g'risida xabardor qiladi, identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirib bergach, doimiy ro'yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so'rovnoma shakllantiradi. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning so'roviga ko'ra, QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag'ini taqdim etadi.Bir vaqtning o'zida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalari tushuntirilib, bu haqda undan tilxat oladi.Uch ish kuni davomida
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.