Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I2-5-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — I2-5-band

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni ko'rib chiqqanlik va rasmiylashtirilganlik hamda doimiy ro'yxatga olganlik uchun «Davlat boji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Davlat bojlari stavkalarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. Doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni ko'rib chiqqanlik va rasmiylashtirilganlik uchun davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 8 foizi — O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg'armasiga yo'naltiriladi; 92 foizi — O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobiga o'tkaziladi. Doimiy ro'yxatga olganlik uchun davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg'armasiga yo'naltiriladi; 90 foizi — O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobiga o'tkaziladi. «Faxriy fuqaro» maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila a'zolariga (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlariga) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni ko'rib chiqqanlik va rasmiylashtirilganlik hamda doimiy ro'yxatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.