Ro'yxatning 9-bandi va mazkur Nizomning 19-bandi bo'yicha hujjat topshirgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda, QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB o'n ish kunida IIV MvaFRBBning ijobiy javobini olmasdan xulosa qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda elektron tizim orqali ma'lumot yuboradi.
QR IIV MvaFRB, IIB MvaFRBning ijobiy xulosasi va IIV MvaFRBBning asoslantirilgan ijobiy javob xati boshqa davlatlardan Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarga kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga belgilangan tartibda doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I2-25-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi — I2-25-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.