O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining boshliqlari va xodimlari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining ma'muriy-texnik va xizmat ko'rsatish xodimlari, ularning qaramog'idagi oila a'zolari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan va uning hududida doimiy yashamaydigan uy ishchilari;
b) xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning oila a'zolari;
v) O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o'tgan xalqaro va hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari boshliqlari va xodimlari, shuningdek, ularning qaramog'idagi oila a'zolari;
g) O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o'tgan iqtisodiy, texnika hamkorlik va gumanitar yordam ko'rsatish bo'yicha xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlarining boshliqlari va xodimlari, shuningdek, ularning qaramog'idagi oila a'zolari.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
15-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 15-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.