Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

11-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 11-band

Quyidagilar vaqtincha ro'yxatdan ozod qilinadilar: a) respublikaga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga muvofiq kelgan xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, parlament va hukumat delegatsiyalarining a'zolari, ushbu delegatsiyalarning texnik xodimlari, sanab o'tilgan shaxslarning oila a'zolari; b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan hujjatlar (qizil va moviy rangli Laissez-Passer pasporti) bo'yicha O'zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar; v) O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar; g) 16 yoshga to'lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar; d) O'zbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlarida yoki oddiy kunlarda uch ish kunigacha bo'lgan muddatga keladigan hamda shu kunlar davomida respublikadan chiqib ketadigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar; ye) sayohat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi punktida bo'lish muddati uch kundan oshmasa, ularning bo'lganligini tasdiqlaydigan hujjatlardan (xizmatlardan foydalanganligini, tovarlar xarid qilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar, foto yoki videotasvirlardan) biri mavjud bo'lganda. Bunda bitta aholi punktida uzluksiz ro'yxatdan o'tish talabi qo'yilmaydi; j) O'zbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda kelgan chet el harbiy samolyotlari (kemalari) ekipajlarining a'zolari; harbiy samolyotlar (kemalarning) ekipajlari a'zolarining qirg'oqqa tushishi va O'zbekiston Respublikasi hududi bo'ylab yurishiga harbiy samolyotlar (kemalar) qabul qilish rejasiga muvofiq katta (harbiy) boshliq tomonidan ruxsat etiladi; z) xalqaro yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashishni amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, tashishlarni amalga oshirayotgan yo'nalishlaridagi shaharlarda va aholi yashash joylarida, shu jumladan boradigan joylarida bo'lgan chog'larida; i) harbiy bo'lmagan chet el kemalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar garnizonlarda va chegara shaharlarida bo'lgan chog'larida, bu shaxslar uyushgan holda sayohatga chiqqan vaqtlarida esa, O'zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham. Chet el fuqarolarining ko'rsatib o'tilgan toifalarining ob'yektlardan chiqishlariga portlarda amalda bo'lgan qoidalar va yo'riqnomalarga muvofiq chegara qo'shinlari vakillari tomonidan ruxsat etiladi; k) xalqaro aviatsiya yo'llarining fuqaro havo kemalari ekipajlari, xalqaro temir yo'l poyezdlari brigadalari tarkibiga kiruvchi shaxslar, qatnovning amaldagi jadvalida ko'rsatilgan aeroportlarda yoki bekatlarda bo'lgan chog'larida.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.