Byudjet kodeksi

83-modda. Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish

(83-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 9 декабрдаги ЎРҚ-590-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.12.2019 й., 03/19/590/4129-сон)

Navbatdagi yil uchun Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga byudjet mo'ljallari o'rta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari va makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi. Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish: byudjet so'rovini tuzish tartibini yuborishni; byudjet so'rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; byudjet so'rovlarini ko'rib chiqish va jamlashni; byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.