O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig'i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i (qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan qaytarib berilgan daromad solig'i summasi chegirilgan holda);
aktsiz solig'i;
yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo'yicha yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno);
2) bojxona bojlari;
3) qo'shilgan qiymat solig'i (qonunchilikda belgilangan tartibda qo'shilgan qiymat solig'ining o'rnini qoplash bilan bog'liq bo'lgan to'lovlar chegirilgan holda);
4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo'naltiriladigan davlat bojlari, yig'imlar, tovon pullari, kompensatsiya to'lovlari, jarima sanktsiyalari va belgilangan normativlar bo'yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan va foydalanishga berishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo'yicha davlat mulkiga o'tkazilgan pul mablag'lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident bo'lgan yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalari va chet davlatlarga berilgan kreditlar bo'yicha foiz to'lovlari, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo'yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo'yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo'yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa daromadlar kiradi.
lex.uz’dagi asl matn51-modda. O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlarini shakllantirish
(51-модда 1-бандининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.