Byudjet kodeksi

47-modda. Umumiy qoidalar

(47-модда тўртинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun ushbu Kodeksda belgilangan mablag'larni jamlaydi. O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasini boshqarish Kengashi O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining yuqori boshqaruv organi bo'lib, uning tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ijro etuvchi direktsiyasi O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ijro etuvchi organi va mablag'larini taqsimlovchidir. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ijro etuvchi direktsiyasi O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga: har yili 1 maygacha O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari loyihasini; yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.