Byudjet kodeksi

28-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining byudjet sohasidagi vakolatlari

(28-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari: tegishli byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; byudjet so'rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini tuzish to'g'risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'lari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko'rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi; ushbu Kodeksning 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda moliya yili mobaynida Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflarni ko'rib chiqadi; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi choraklik va yillik hisobotlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotlarni O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi; Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlariga tushumlar to'liq va o'z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi; byudjet mablag'larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga byudjet so'rovini tuzish uchun ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlarini ko'rib chiqadi hamda tasdiqlaydi; qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar bo'yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish to'g'risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalari mablag'laridan foydalanish to'g'risida qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda mahalliy byudjetlarning parametrlarini hamda ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ko'rib chiqish hamda tasdiqlash jarayonining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ham ta'minlaydi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya yili uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan Davlat byudjeti daromadlari prognozining o'z hududiga tegishli qismining choraklar va tumanlar (shaharlar) kesimidagi taqsimotini tasdiqlaydi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga: navbatdagi yil uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalarini ko'rib chiqish hamda tegishli xulosani taqdim etish uchun; o'tgan moliya yili uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o'tkazish hamda baholash uchun yuboradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.