Byudjet kodeksi

22-modda. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi

(22-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-508-сонли Қонунига асосан тўртинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 25.12.2018 й., 03/18/508/2365-сон — 2019 йил 1 январдан кучга киради)

Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo'ladi va ularning yo'nalishini aks ettiradi. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat: byudjet tizimi byudjetlari mablag'larining manbalari va darajalari tasnifi; vazifa jihatidan tasnif; dasturiy tasnif; tashkiliy tasnif; iqtisodiy tasnif; hududiy tasnif. Byudjet tizimi byudjetlari mablag'larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag'lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo'llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funktsiyalarini bajarish uchun mablag'lar yo'nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning dasturiy tasnifi davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablag'lar yo'nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdan iboratdir. Xarajatlarning tashkiliy tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining mablag'larini taqsimlovchilar bo'yicha kodlashdan iborat bo'ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yo'nalishiga ko'ra kodlashdan iborat bo'ladi. Hududiy tasnif byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning tegishli ma'muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.