Byudjet kodeksi

188-modda. Smeta-shtat intizomini buzish

(188-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-396-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 52-сон, 645-модда)

Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'larini moliya yili davomida sarflashdir: noto'g'ri ma'lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib ko'rsatilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'larni xarajatlar smetasiga kiritish; xodimlarning belgilab qo'yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari o'rtasidagi o'zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik; tarifikatsiya ro'yxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etmaslik.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.