Davlat moliyaviy nazoratini:
davlat moliyaviy nazorati ob'yekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining (xotinining) qarindoshi bo'lgan;
davlat moliyaviy nazorati ob'yektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bo'lgan;
tekshiruv bilan qamrab olingan davrda davlat moliyaviy nazorati ob'yektida ishlagan davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o'tkazish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari bu haqda davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan organning rahbarini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn186-modda. Davlat moliyaviy nazoratini o'tkazishdagi cheklovlar
(186-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 17 мартдаги ЎРҚ-612-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 18.03.2020 й., 03/20/612/0326-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.