Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet to'g'risidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o'rganish shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g'aznachilik bo'linmalari, iqtisodiyot va moliya organlari hamda O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan;
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g'aznachilik bo'linmalari, iqtisodiyot va moliya organlari hamda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so'ng ushbu Kodeksning 171-moddasida ko'rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:
hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:
yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
nazoratning maqsadga yo'naltirilganligi va predmetiga qarab:
kompleks nazorat — davlat moliyaviy nazorati ob'yektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo'jalik faoliyatining barcha yo'nalishlarini nazorat qilish;
mavzuli nazorat — davlat moliyaviy nazorati ob'yektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo'yicha faoliyatini nazorat qilish;
muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o'zaro bog'liq bo'lgan va turli davlat moliyaviy nazorati ob'yektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o'z ichiga olgan tekshirish, bundan tadbirkorlik sub'yektlari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn173-modda. Davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari
(173-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.