Byudjet kodeksi

152-modda. Davlat tomonidan mablag' jalb qilish

(152-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан еттинчи, саккизинчи ва тўққизинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Davlat tomonidan mablag' jalb qilish ichki va xorijdan mablag' jalb qilishdan iborat. Davlat tomonidan ichki mablag'ni jalb qilish O'zbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablag'larni jalb etish bo'lib, bu mablag'lar bo'yicha O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to'lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi. Chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari va O'zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablag'larni jalb etish davlat tomonidan xorijdan mablag' jalb qilish bo'lib, bu mablag' bo'yicha O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to'lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi. Davlat tomonidan mablag' jalb etish bo'yicha qarorlar belgilangan tartibda qabul qilinadi. Davlat tomonidan mablag' jalb qilish: O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining taqchilligini qoplash; ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish; davlat qarzini qayta moliyalashtirish; davlat qarzini boshqarish strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish; pul mablag'larini boshqarish, shu jumladan vaqtinchalik kassa uzilishining o'rnini qoplash bo'yicha operatsiyalarni bajarish; to'lov balansini qo'llab-quvvatlash uchun amalga oshiriladi. Davlat tomonidan mablag' jalb qilish birinchi navbatda O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining taqchilligini qoplash uchun amalga oshiriladi. Davlat tomonidan jalb qilingan mablag'lar tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanmaydi. Davlat qarziga xizmat ko'rsatish bo'yicha asosiy qarz to'lovlarini moliyalashtirish tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog'ozlarini chiqarish hisobidan amalga oshiriladi hamda tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg'armalarining xarajatlarida alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Davlat qarzining hisobi alohida yuritiladi va O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjet ijrosi to'g'risidagi hisobotda aks ettiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.