Byudjetlararo transfertlar subventsiyalar, o'tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha mablag'lar, tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida amalga oshiriladi.
Byudjetlararo transfertlarning hajmlari:
joriy moliya yilida turli darajadagi byudjetlar daromadlari va xarajatlari o'zgarishiga sabab bo'luvchi qonunchilik hujjatlari qabul qilinganda;
tegishli barcha soliqlarning, yig'imlarning, davlat bojlarining va soliq bo'lmagan to'lovlarning to'liq tushishidan hamda byudjetdan ajratiladigan mablag'larning o'zlashtirilishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Byudjetlararo transfertlarni moliyalashtirish tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi, ushbu mablag'lar o'tkazib berilgan byudjetlar va davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlarini shakllantirish manbasi hisoblanmaydi.
Byudjetlararo transfertlar tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg'armalarining xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi, ularning hisobi alohida yuritiladi hamda ular Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Byudjetlararo transfertlarni hisobga olish tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlari va xarajatlarida alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.
Yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tashabbusi bilan yuqori turuvchi byudjet quyi turuvchi byudjet oldidagi byudjetlararo transfertning bir shakli bo'yicha majburiyatlari quyi turuvchi byudjetning yuqori turuvchi byudjet oldidagi byudjetlararo transfertning boshqa shakli bo'yicha majburiyatlarini kamaytirish evaziga hisobga olinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn134-modda. Byudjetlararo transfertlar
(134-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.