Byudjet kodeksi

116-modda. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning shaxsiy g'azna hisobvaraqlari

(116-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning shaxsiy g'azna hisobvaraqlari: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan; tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tomonidan; davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.