«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari

(7-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo'ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi. Nikohda va nikohsiz tug'ilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi. Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini ta'minlash uchun zarur choralarni ko'radi. Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.