Bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;
bolaning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish;
bolaning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik;
bolaning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta'minlash;
bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
bola huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish bo'yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta'minlash;
bolalarning jismoniy, intellektual, ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ko'maklashish;
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag'rikenglik va tinchliksevarlik tuyg'ularini tarbiyalash;
bolani O'zbekiston xalqining tarixiy va milliy an'analari, ma'naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;
bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;
bolalar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash;
bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;
bola huquqlarini ta'minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o'rtasida hamkorlik qilish;
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
bolalarning ijtimoiy ko'nikmasiga, voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko'maklashish.
lex.uz’dagi asl matn«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
4-modda. Bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosati
(4-модданинг саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.