«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

13-modda. Bolaning oilaviy muhitga bo'lgan huquqi kafolatlari

(13-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o'z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g'amxo'rligidan foydalanish huquqiga ega, uning eng ustun manfaatlariga zid bo'lgan hollar bundan mustasno. Bolaning ota-onasi bo'lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta'minlanadi. Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko'rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta'sir qilmaydi. Ota va ona turli davlatlarda yashagan taqdirda ham bola ular bilan ko'rishish huquqiga ega. Ekstremal vaziyatlarga (ushlab turish, hibsga olish, qamoqqa olish, davolash muassasasida bo'lish va boshqa hollarda) tushib qolgan bola o'z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda ko'rishish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.