Bojxona kodeksi

409²-modda. Shikoyat berish tartibi va muddatlari

Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat qilish bojxona to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bojxona organlarining tekshiruvlar va bojxona auditi natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlari ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat shaxs o'z huquqlari buzilganligi to'g'risida bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan paytdan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga ko'ra o'tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha yuqori turuvchi bojxona organi tomonidan tiklanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.