Bojxona organlarining mansabdor shaxslari manfaatdor shaxslarga bojxona ishi masalalari va bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maslahat berish bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Bojxona organlari tomonidan maslahat berish og'zaki, elektron yoxud yozma shaklda bepul amalga oshiriladi.
Maslahat berishda manfaatdor shaxslarga taqdim etilgan axborot tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organlari tomonidan qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn381-modda. Bojxona organlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar bo'yicha maslahat berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.