Bojxona kodeksi

376-modda. Tashqi savdo bojxona statistikasi

Tashqi savdo bojxona statistikasi O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo tovar aylanmasi bo'yicha uning miqdori va qiymati ifodalangan, tizimlashtirilgan ma'lumotlar yig'indisidan iboratdir. Tashqi savdo bojxona statistikasining asosiy vazifalari davlat organlarini O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo tovar aylanmasining holati to'g'risidagi axborot bilan ta'minlash, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga bojxona to'lovlarining tushishini nazorat qilish, valyuta nazoratini va O'zbekiston Respublikasi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini ta'minlashdan iborat.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.