Bojxona kodeksi

374-modda. Dastlabki qarorlarning oshkoraligi. Tovarlarni tasniflash bo'yicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritish

Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorlar ochiq axborot bo'lib, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ularning yozma so'rovlariga ko'ra hech bir cheklovlarsiz taqdim etilishi kerak, bundan tijorat siri yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sir bo'lgan axborot mustasno. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Tovarlarni tasniflash bo'yicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritadi va uning davriy ravishda e'lon qilinishini ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.