Bojxona kodeksi

354-modda. Ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalarini qaytarish shartlari

(354-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Ortiqcha to'langan yoki undirilgan, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga o'tkazilgan bojxona to'lovlarining summalari quyidagi hollarda dastlabki pul mablag'lari hisobiga o'tkaziladi yoki bojxona organlari tomonidan to'lovchiga qaytarib beriladi: tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to'lovlariga tuzatishlar kiritilishi munosabati bilan bojxona to'lovlari summalari qayta hisoblanganda; agar bojxona rejimi shartlarida ilgari to'langan bojxona to'lovlari summalarini qaytarish nazarda tutilgan bo'lsa; agar tovarning bojxona to'lovlarini to'lash ularni hisoblab chiqarishning belgilangan tartibini buzgan holda amalga oshirilgan bo'lsa; bojxona to'lovlarining stavkalari o'zgargan bo'lsa; bojxona hududiga olib kirilgan tovarga nisbatan bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha imtiyoz tiklangan bo'lsa; agar bojxona to'lovlari to'langan tovarlar bojxona nazorati ostida yo'q qilinishi lozim bo'lsa; egasi bojxona organi bo'lgan bojxona ombori tugatilishi munosabati bilan tovarlar berilayotganda saqlash uchun to'langan bojxona yig'imlari summalarining bir qismi qaytarilganda; bojxona to'lovlarini hisoblashda ortiqcha to'lovga olib kelgan texnik xatoliklar aniqlanganda. Ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalari qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham qaytarib berilishi mumkin. Bojxona organining xatosi tufayli ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlari summalarini qaytarish ustuvor tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.