Kafilning bojxona to'lovlari to'lanishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs o'rniga bojxona to'lovlari va foizlarning to'lanishini ta'minlash niyati to'g'risidagi yozma majburiyati bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida qo'llanilishi mumkin.
Kafil sifatida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin.
Kafil ushbu Kodeksning 340-moddasiga muvofiq bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga ta'minlash summalarini kiritish orqali bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlashni amalga oshiradi.
Kafillik bilan ta'minlanadigan majburiyat bajarilmaganligi uchun kafil va to'lovchi bojxona organi oldida solidar javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn346-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida kafillikning qo'llanilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.