Bojxona kodeksi

344-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida bank kafolatini qo'llash

(344-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida O'zbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini o'tkazish huquqiga ega bo'lgan bankning kafolati qo'llanilishi mumkin. Bank kafolatida ko'rsatilgan bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash summasining miqdori to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlarining va foizlarning summasidan kam bo'lmasligi kerak. To'lovchi tomonidan bank kafolati bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlarining summasi va foizlar qonunchilikka muvofiq so'zsiz tartibda kafolat bergan bankdan bojxona organi tomonidan undirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.