Bojxona kodeksi

329-modda. Bojxona to'lovlarini kechiktirib va bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini berish shartlari

(329-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Bojxona organining qaroriga asosan to'lovchiga bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilishi mumkin. Bojxona to'lovlarini to'lash muddatining qo'shimcha davrga uzaytirilishi bojxona to'lovlarini kechiktirib to'lashdir. Bojxona to'lovlarini to'lash muddatini qo'shimcha davrga uzaytirib, to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlari summasini shu davr ichida qismlarga bo'lib to'lash bojxona to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lashdir. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e'tiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi, lekin o'n to'rt kalendar kundan kam bo'lmasligi kerak, bundan ushbu moddaning beshinchi va o'n birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e'tiboran bir yuz yigirma kalendar kun muddatga kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati quyidagilar bo'yicha beriladi: ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha; moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga, fermer xo'jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo'jaliklariga o'z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona bojini to'lash bo'yicha. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati bojxona to'lovlarining bitta yoki bir nechta turiga, shuningdek to'lanishi lozim bo'lgan butun summaga yoki uning bir qismiga nisbatan berilishi mumkin. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini berish to'g'risidagi qaror ushbu Kodeksning 330-moddasida nazarda tutilgan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e'tiboran besh ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda bojxona organi tomonidan qabul qilinadi. Bojxona organining qarorida bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilayotgan muddat, bunday imkoniyat berish rad etilgan taqdirda esa rad etish sabablari ko'rsatiladi. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati ushbu Kodeksning 47-bobida nazarda tutilgan tartibda bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sharti bilan beriladi. Tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq vaqtdan buyon shug'ullanayotgan, bojxona to'lovlari bo'yicha majburiyatlarini yaxshi (yoki o'z vaqtida) bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko'ra to'lovlarni belgilangan muddatda to'lash imkoniyatiga ega bo'lmagan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi. Bunda bojxona to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati oxirgi uch yil davomida to'langan bojxona to'lovlari summasining ellik foizidan oshmaydigan summa miqdorida, olti oy muddatga bojxona to'lovlarini ta'minlash qo'llanilmagan holda berilishi mumkin. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoxud O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzoqroq muddatlarga va bojxona to'lovlari to'lanishi ta'minlanmagan holda berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.