Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning bahosiga quyidagi xarajatlar kiritiladi, agar bu xarajatlar bitimning bahosiga kiritilmagan bo'lsa:
a) tovarni bojxona hududidan olib chiqiladigan joygacha yetkazib berish xarajatlari:
transportda tashish qiymati;
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va tushirish-ortish xarajatlari;
sug'urtalash qiymati;
b) sotuvchi tomonidan qilingan xarajatlar:
vositachilik va brokerlik haqi, bundan tovarni xarid qilish bo'yicha vositachilik haqi mustasno;
konteynerlarning va (yoki) boshqa ko'p marta ishlatiladigan idishlarning qiymati, agar O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq ularga baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa;
o'rov-joylashning qiymati, shu jumladan o'rash-joylash materiallarining va o'rash-joylash ishlarining qiymati;
v) intellektual mulk ob'yektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish shartlari sifatida bevosita yoki bilvosita to'lashi kerak bo'lgan litsenziya to'lovlari va boshqa to'lovlar;
g) sotuvchining baholanayotgan tovarni keyinchalik bojxona hududidan tashqarida har qanday tarzda qayta sotish, o'tkazish yoki undan foydalanishdan olingan bevosita yoki bilvosita daromadining bir qismi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan bitimning bahosiga qo'shiladigan komponentlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sug'urtalash, sertifikatlashtirish, brokerlik xizmatlari) uchun haq to'langanligi to'g'risida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, to'lov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn316-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.