Bojxona to'lovlari stavkalarining turlari quyidagilardan iborat:
to'lov undiriladigan tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavka;
to'lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavka;
bojxona to'lovlari stavkalarining advalor va xos turlarini o'z ichiga oladigan aralash stavka.
Advalor stavka belgilangan tovar bo'yicha bojxona to'lovlarining summasi bojxona to'lovlari advalor stavkasining tovarning bojxona qiymatiga ko'paytmasi sifatida hisoblab chiqariladi.
Xos stavka belgilangan tovar bo'yicha bojxona to'lovlarining summasi bojxona to'lovlarining xos stavkasining tovar miqdoriga ko'paytmasi sifatida hisoblab chiqariladi.
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka qo'llanilgan, lekin to'lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavkadan kam bo'lmagan holda qo'llanilgan taqdirda, bojxona to'lovlarining summasi advalor va xos stavkalar bo'yicha hisoblab chiqarilgan summalarning eng ko'piga tengdir.
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka va to'lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavka qo'llanilgan taqdirda bojxona to'lovlarining summasi bojxona to'lovlarining advalor va xos stavkalari bo'yicha hisoblab chiqarilgan summa yig'indisiga tengdir.
lex.uz’dagi asl matn293-modda. Bojxona to'lovlari stavkalarining turlari va ularni hisoblab chiqarish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.