Bojxona kodeksi

291-modda. Bojxona yig'imlari

(291-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан еттинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yig'imlari undiriladi: bojxona rasmiylashtiruvi; bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi; tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash; transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish; dastlabki qarorni qabul qilish; intellektual mulk ob'yektlarini Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish; yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi. Bojxona yig'imlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas. Bojxona yig'imlarining stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.