Bojxona kodeksi

269-modda. To'liq bo'lmagan bojxona yuk deklaratsiyasi

(269-модданинг учинчи ва тўртинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar deklarant yoki bojxona brokeri o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra deklaratsiyani to'ldirish uchun barcha zarur axborotga ega bo'lmasa, to'liq bo'lmagan bojxona yuk deklaratsiyasi tovarni identifikatsiyalash imkoniyati bo'lishi sharti bilan berilishi mumkin. To'liq bo'lmagan bojxona yuk deklaratsiyasi ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining «v», «d» va «ye» bandlarida ko'rsatilgan hollarda berilishi mumkin. To'liq bo'lmagan bojxona yuk deklaratsiyasiga deklarant yoki bojxona brokeri, agar bojxona to'g'risidagi qonunchilikda alohida ma'lumotlarni taqdim etish uchun boshqa muddat nazarda tutilmagan bo'lsa, to'liq bo'lmagan bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilib olingan kundan e'tiboran oltmish kalendar kundan ortiq bo'lmagan muddatda yetishmagan ma'lumotlarni va lozim darajada to'ldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish haqidagi yozma majburiyatni ilova qiladi. To'liq bo'lmagan bojxona yuk deklaratsiyasi qo'llanilgan holda deklaratsiyalashda lozim darajada to'ldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi avval boshda berilganidagi kabi bojxona organlarining zimmasiga qonunchilikning qaysi talablari va shartlari bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan bo'lsa, o'sha talablar va shartlar, shu jumladan bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish va to'lash tartibi qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.