Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi bojxona organiga O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;
transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning ko'chirma nusxasini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, o'ngdan ko'rinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qo'yiladigan joyning tasviri mavjud bo'lgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining ko'pi bilan ikki tomonini bir vaqtning o'zida tasvirlashga yo'l qo'yiladi.
Konstruktsiyaning turi bo'yicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat ko'rsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan bo'lsa, o'sha bojxona organiga O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;
transport vositasi konstruktsiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, o'ngdan ko'rinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qo'yiladigan joyning tasviri mavjud bo'lgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining ko'pi bilan ikki tomonini bir vaqtning o'zida tasvirlashga yo'l qo'yiladi.
Arizachidan ushbu moddada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Hujjatlardagi ma'lumotlarning to'g'riligi uchun arizachi javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn229-modda. Guvohnoma olish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar
(229-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.