Jo'natuvchi bojxona organi bojxona hududi bo'ylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona identifikatsiyalanishini ta'minlaydi, tovar kelib tushadigan bojxona organi esa qo'yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining mavjudligini va butligini tekshiradi. Oraliq bojxona organlari va tovar kelib tushadigan bojxona organlari tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalari qo'yilganligi to'g'risida qaydlar qo'yib chiqishi mumkin.
Bojxona identifikatsiyalash vositalari transport vositasiga yoki alohida yuk o'rinlariga qo'yilishi mumkin.
Bojxona hududi bo'ylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona identifikatsiyalashining asosiy usuli ularga plombalar va muhrlar bosishdan iborat. Plombalar va muhrlarni qo'yish imkoni bo'lmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalari qo'llaniladi.
Agar chet davlatlar bojxona organlarining identifikatsiyalash vositalari ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismida belgilangan talablarga mos emas deb topilsa, jo'natuvchi bojxona organi tovarni va (yoki) transport vositasini bojxona ko'rigidan o'tkazib, ularga bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalarini qo'yadi va bu haqda tovarning kuzatuv hujjatlariga tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatlarning bojxona identifikatsiyalashini amalga oshirish maqsadida jo'natuvchi bojxona organi ushbu Kodeks 197-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq bojxona identifikatsiyalash vositalarini qo'llaydi.
lex.uz’dagi asl matn221-modda. Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va transport vositalari hamda ularning hujjatlariga identifikatsiyalash vositalarining qo'llanilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.