Bojxona kodeksi

216-modda. Qo'shimcha va takroriy bojxona ekspertizalari

Qo'shimcha bojxona ekspertizasi birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasi xulosasida mavjud bo'lgan kamchiliklarni to'ldirish uchun tayinlanadi va o'sha ekspertning o'zi yoki boshqa ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tomonidan o'tkaziladi. Xulosa asoslanmaganda yoki uning to'g'riligi shubha tug'dirganda yoxud uning asosidagi dalillar haqiqiy emas deb topilganda takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanadi. Birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasining xulosasi ustidan vakolatli shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan shikoyat qilinganda, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilganda ham takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanishi mumkin. Takroriy bojxona ekspertizasini tayinlashda ekspertning (ekspertlar komissiyasining) oldiga avval qo'llanilgan tekshiruv uslublarining ilmiy asoslanganligi to'g'risidagi masala qo'yilishi mumkin. Takroriy bojxona ekspertizasini tayinlash to'g'risidagi qarorda takroriy bojxona ekspertizasini tayinlagan organning birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasining xulosasidan noroziligi sabablari keltirilishi kerak. Takroriy bojxona ekspertizasini o'tkazish boshqa ekspertga yoki ekspertlar komissiyasiga topshiriladi. Birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasini o'tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy bojxona ekspertizasi o'tkazilayotganda hozir bo'lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin tekshiruvda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.