Bojxona hududining bojxona to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo'yilgan qismi bojxona nazorati zonasidir.
Bojxona nazorati zonalari quyidagi turlarda bo'lishi mumkin:
doimiy bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratidan o'tishi lozim bo'lgan tovarlar va transport vositalari ushbu zonada muntazam ravishda turgan hollarda;
muvaqqat bojxona nazorati zonasi — bojxona operatsiyalari bajariladigan joylardan tashqarida tovarlarning va transport vositalarining vaqtincha bojxona nazoratini amalga oshirish va bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazish, shuningdek bojxona organlari tomonidan doimiy bojxona nazorati zonasidan tashqarida aniqlangan tovarlarning va transport vositalarining bojxona ko'zdan kechiruvini va bojxona ko'rigini o'tkazish zarurati bo'lgan taqdirda.
Doimiy bojxona nazorati zonasini tashkil etish to'g'risidagi qaror bojxona organining boshlig'i tomonidan qabul qilinadi. O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bo'ylab bojxona nazorati zonalarini tashkil etish to'g'risidagi qaror O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining bo'linmalari bilan kelishiladi.
Muvaqqat bojxona nazorati zonasini tashkil etish to'g'risidagi qaror:
vakolatli shaxsning doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazoratidan o'tkazish hamda ularning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish to'g'risidagi yozma arizasiga ko'ra — bojxona organining boshlig'i yoki uning o'rnini bosuvchi shaxs tomonidan;
bojxona nazoratidan o'tishi lozim bo'lgan tovarlar va transport vositalari doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida aniqlangan hamda ularning bojxona ko'zdan kechiruvini yoki bojxona ko'rigini aniqlangan joyda amalga oshirish zarurati tug'ilgan taqdirda, bojxona organi boshlig'i yoki uning o'rnini bosuvchi shaxs keyinchalik xabardor etilgan holda — bojxona organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilinadi.
Muvaqqat bojxona nazorati zonasining amal qilish muddati va chegaralari tegishli bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish zaruratini hisobga olgan holda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn179-modda. Bojxona nazorati zonasi
(179-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 октябрдаги ЎРҚ-974-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.10.2024 й., 03/24/974/0804-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.