Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida olib o'tilayotganda tovarlarning qonunchilikda belgilangan standartlar va texnik shartlarga muvofiq aralashib ketishiga, shuningdek tashishning texnologik xususiyatlari hamda tovarlarning o'ziga xos xossalari oqibatida miqdori, sifati va holati o'zgarishiga yo'l qo'yiladi.
Tovarlar quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tilishiga ushbu bobda belgilangan qoidalarga ko'ra keyinchalik deklaratsiyalash hamda bojxona to'lovlarini to'lash sharti bilan yo'l qo'yiladi.
Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tiladigan tovarlar bojxona organi tomonidan identifikatsiyalanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn170-modda. Tovarlarni bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o'tish
(170-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.