Bojxona kodeksi

163-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o'tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to'lovlarini to'lash

(163-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Jismoniy shaxslar tomonidan qo'l yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajda notijorat maqsadlar uchun olib o'tilayotgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirishning qonunchilikda belgilangan normasidan ortiq bo'lsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga yagona bojxona to'lovi to'lanadi. Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda bojxona to'lovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qo'llanilmagan holda undiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalari mustasno. Yagona bojxona to'lovi notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va to'ldirilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadigan bojxona kirim orderi asosida jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadi. Bojxona kirim orderining bir nusxasi bojxona to'lovlarini to'lagan jismoniy shaxsga topshiriladi (yuboriladi). Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlar uchun olib o'tilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona kirim orderini to'ldirish va yagona bojxona to'lovini hisoblash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.