Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan va tadbirkorlik faoliyati uchun mo'ljallanmagan tovarlar jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o'tiladigan tovarlar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o'tiladigan tovarlar bojxona chegarasi orqali soddalashtirilgan tartibda va ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlar qo'llanilgan holda olib o'tiladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo'ljallanganligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
tovarlarning miqdori, bunda tovarlarni olib o'tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a'zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o'tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi;
tovarlarni olib o'tishning takroriyligi, bunda ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarning bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib o'tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb qaraladi;
safarning holatlari, bunda safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn155-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o'tiladigan tovarlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.